Mazkur tadbirda, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham qatnashadi.
Vazirlar uchrashuvi chogʻida oʻzaro siyosiy ishonchni mustahkamlash, tomonlar uchun manfaatli hamkorlikni yana-da ilgari surish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, transport yoʻlaklari bogʻliqligiga koʻmaklashish va uzluksiz savdoga keng yoʻl ochish, mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash hamda zamonaviy chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish borasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif davomida Vazir A.Kamilov Xitoy TIV rahbari Van I bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi va “Ipak yoʻli” 5-Xalqaro EKSPO ochilish marosimida nutq soʻzlaydi.