Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston temir yo'li loyihasining so'nggi tafsilotlari ma'lum bo'ldi

    6-dekabr kuni Bishkekda bo'lib o'tgan matbuot anjumani chog'ida“Кыргыз темир жолу” milliy korxonasi bosh direktori o'rinbosari Dastan Usubakunov Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston temir yo'li loyihasining so'nggi tafsilotlari ma'lum bo'ldi.

    Ma'lum bo'lishicha, yo'l qurilishi taxminan 4 milliard dollarga baholanmoqda. Hozirda Xitoy va O'zbekiston tomoni bilan moliyalashtirish va mablag' jalb qilish masalasi muhokama qilinmoqda.

    “Qirg'iziston – Xitoy – O'zbekiston yo'lining qurilishi tranzitimizni oshiradi. Biz har doim bu janubiy oqim ekanligini aytib kelganmiz. Aynan Qirg'iziston hududi orqali tranzit amalga oshiriladi, ya'ni O'zbekiston, Turkmaniston va Eron orqali Yaqin Sharqqa, Fors ko'rfazi mamlakatlariga chiqa olamiz, keyin esa Hindiston, BAA bilan bog'lanib, Tinch okeaniga chiqish imkoniyatiga ega bo'lamiz”, dedi u.

    Avvalroq O'zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston temir yo'li qurilishi 2024-yilda boshlanishi mumkinligini aytgan edi, deb xabar beradi kaktus.media.