Xitoy 10 ta Geely-0 aloqa sun'iy yo'ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli tarzda olib chiqdi

    XXR avtomobilsozlik sanoati ehtiyojlari uchun foydalaniladigan Geely-0 aloqa sun'iy yo'ldoshlarini koinotga muvaffaqiyatli olib chiqdi.

    Bu haqda Xitoyning Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi (CASC) ma'lum qildi.

    WeChat ijtimoiy tarmog'idagi sahifada aytilishicha, sun'iy yo'ldoshlar Pekin vaqti bilan soat 02:30 da Tayyuan kosmodromidan (Shansi shimolidagi) CZ-6 raketasi (“Chanchjen-6”) yordamida havoga ko'tarildi. Bu “Chanchjen” tipidagi tashuvchining 534-parvozidir.

    Sun'iy yo'ldoshlar avtonom haydash texnologiyalari va Xitoyning Geely avtomobilsozlik kompaniyasining avtomobillararo aloqa xizmatlarini taqdim etish tizimini sinovdan o'tkazish uchun ishlatiladi. Bundan tashqari, ular okeanlarni kuzatish uchun mo'ljallangan. Loyihani 2022-yil iyun va 2024-yil fevral oylarida bir xil nomdagi fazoviy kemalarning birinchi va ikkinchi guruhini uchirgan CASC sho'ba korxonasi – CGWIC kompaniyasi amalga oshirmoqda, deb xabar beradi report.az.