Xitoy 500 tonna mayizga buyurtma berdi

    Agrosektor 30 Sentabr 2020 1691

    Pekindagi Elchixonamizda “Beijing GOKO Investment Management Co., LTD” kompaniyasining Bosh menejeri Xu Ning bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan.

    Mazkur kompaniya qadoqlangan quruq mevalarning yirik ishlab chiqaruvchisi sifatida Oʻzbekistondan tabiiy va sifatli quruq mevalar import qilishdan manfaatdor.

    Uchrashuv davomida Oʻzbekistondan Xitoyga mayiz, olxoʻri va boshqa har xil quruq mevalar yetkazish masalalari muhokama etildi. Elchixona vakillari tomonidan taklif etilayotgan mevalar turlaridan namunalar namoyish etilib, ularning sifatiga boʻlgan talablar haqida muzokaralar olib borildi.

    Uchrashuv yakuniga koʻra, yil oxirigacha Xitoyga 500 tonna mayiz yetkazib berishga kelishildi.

    Hozir Elchixona Xitoyga qishloq xoʻjalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetkazishni tashkillashtirish masalalari boʻyicha tizimli ishlarni davom ettiryapti.