“Xitoy aholisi 2024-yil oxirida 1 milliard 408 million 280 ming kishini tashkil etdi (bu 31 viloyatlar, avtonom tumanlar aholisi, bevosita markaziy hukumatga qarashli munitsipalitetlarni o'z ichiga oladi, Gonkong, Makao va Tayvan aholisi hamda xorijliklar bundan mustasno), bu 2023-yil yakuniga nisbatan 1,39 millionga kam”, deyiladi agentlik juma kuni chop etilgan hisobotda.
Qayd etilishicha, o'tgan yili 9,54 million chaqaloq tug'ilgan, tug'ilish 6,77 foizni, 10,93 million kishi vafot etgan, o'lim darajasi 7,76 foizni tashkil etgan.
Hisobotda aytilishicha, Xitoyda 2024-yil oxiriga kelib, jinsiy nisbat 104,49 ni tashkil etgan, ya'ni har 100 ayolga deyarli 105 erkak to'g'ri keladi. Mamlakatning erkak aholisi 719,09 million, ayollar soni 689,19 million kishini tashkil etadi.
2024-yil oxirida 16 yoshdan 59 yoshgacha bo'lgan mehnatga layoqatli yoshdagilar soni 857,98 million kishini, ya'ni umumiy ko'rsatkichning 60,9 foizini, 60 yosh va undan katta yoshdagilar soni esa 310,31 million kishini, ya'ni ular jami aholining 22 foizini tashkil etadi, shu jumladan 65 yoshdan oshganlar – 220,23 million kishidan iborat, deb xabar beradi ria.ru.









