Xitoy AQSh bilan yadroviy qurol nazorati bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

    Pekin Vashington bilan qurollanishni nazorat qilish va yadroviy qurollarni tarqatmaslik bo'yicha muzokaralarni to'xtatishga qaror qildi.

    Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Lin Szyan ma'lum qildi. U AQSh qurollarini Tayvanga sotishda davom etayotgani shu qarorga kelinishiga sabab bo'lgani aytib o'tdi.

    Departament vakili maslahatlashuvlar to'xtatilgani uchun javobgarlikni Vashington zimmasiga yukladi va agar AQSh “Xitoyning asosiy manfaatlarini hurmat qilsa” Amerika tomoni bilan “o'zaro hurmat asosida” muloqotni tiklashga tayyorligini bildirdi.

    O'tgan yilning noyabr oyida ikki mamlakat AQSh Prezidenti Jo Bayden va Xitoy Raisi Si Szinpin o'rtasidagi muzokaralar oldidan o'zaro ishonchsizlikni yumshatish maqsadida yadroviy qurollarni nazorat qilish bo'yicha maslahatlashuvlar o'tkazgan edi. Bu masalalarning keyingi muhokamasi haqida xabar berilmagan. Yanvar oyida Oq uy Pekinni AQShning qurollar tarqalishi bilan bog'liq xavflarni kamaytirish bo'yicha takliflariga “javob berishga” chaqirdi.

    Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi Xitoy o'z yadro arsenalini kutilganidan tezroq kengaytirayotgani haqida xulosa qilgandi. Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yil may oyida Xitoyda 500 dan ortiq foydalanishga tayyor yadro kallaklari bo'lgan, 2030-yilga borib Pekin mingdan ortiq kallakka ega bo'lishi mumkin, deb xabar beradi dw.com.