Departament Vashington xalqaro savdo qoidalarini jiddiy ravishda buzayotganini va Xitoyning iqtisodiy manfaatlariga zarar yetkazayotganini ta'kidladi. Pekin Oq uyning harakatlarini qo'rqitish siyosati deb ham atadi.

Avvalroq Xitoy TIV vakili Lin Szyan Pekin AQSh bilan savdo urushidan qo'rqmasligini aytgan edi. Uning qo'shimcha qilishicha, agar Vashington iqtisodiy qarama-qarshilikni davom ettirishga qaror qilsa, Xitoy oxirigacha kurashishga tayyor.

Kecha, 10-aprel kuni AQSh Xitoyning barcha tovarlariga boj to'lovlarini 145 foizgacha oshirdi. Bungacha ular 125 foiz edi. Shu bilan birga, Amerika ma'muriyati 75 mamlakatga nisbatan individual tariflarni oshirish masalasida tanaffus qilishga qaror qildi, deb xabar beradi kommersant.ru.