Xitoy atmosferani karbonat angidriddan tozalash bo'yicha Osiyodagi eng yirik loyihani ishga tushirdi

    Szyansu viloyatidagi inshoot yiliga atmosferadan 500 ming tonnagacha karbonat angidridni bartaraf etishga qodir.

    Xitoy energiya investitsiya korporatsiyasi (China Energy) karbonat angidridni yig'ish, saqlash va utilizatsiya qilish bo'yicha Osiyodagi eng yirik inshootni (CCUS) ishga tushirdi. Bu haqda 2-iyun kuni Xinhua axborot agentligi xabar berdi.

    Tizim Szyansu (Sharqiy Xitoy) viloyati Taychjou shahridagi ko'mir elektr stansiyasining energiya blokiga ulangan. Inshoot yiliga atmosferani 500 ming tonnagacha karbonat angidriddan tozalash imkonini beradi, deyiladi korrespondent.net saytida.