Xitoy aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlar sonini oshirishni rejalashtiryapti

    Transport 13 Sentabr 2024 410

    Xitoydan Oʻzbekistonga kelayotgan sayyohlar sonini koʻpaytirish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi reyslar sonini oshirishni rejalashtiryapti.

    Pekin-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha haftalik reyslar soni 4 tadan 7 taga, Urumchidan Toshkentga 3 tadan 4 taga koʻpayadi. Bundan tashqari, China Southern 2025-yildan boshlab Toshkentga Guanchjoudan Urumchi orqali haftasiga uch marta parvoz qiladi.

    Bu oʻzgarishlar joriy yil iyun oyida Sian shahrida boʻlib oʻtgan “5+1 Xitoy – Markaziy Osiyo” konferensiyasida ikki davlat oʻrtasida havo qatnovini sezilarli darajada oshirish va yangi yoʻnalishlarni ochishga qaratilgan kelishuvlar tufayli amalga oshirildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.

    Ayni paytda Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida haftasiga 63 ta muntazam reyslar amalga oshirilyapti, shundan 21 tasi yoʻlovchi, 42 tasi yuk tashuvchidir.