Xitoy banki rahbariyati bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

    Moliya 12 Sentabr 2023 1172

    Markaziy bankda Xitoyning eng yirik banki va dunyoning yirik oʻnta banklaridan biri boʻlgan Xitoy banki (Bank of China) rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazildi.

    Uchrashuvda Xitoy banki rahbariyati tomonidan Oʻzbekistonning bank tizimi imkoniyatlari va unga kirish boʻyicha qonunchilik hujjatlarini oʻrganishga qiziqish bildirildi. Oʻz navbatida, ushbu masala yuzasidan mehmonlarni qiziqtirgan savollarga Markaziy bank rahbariyati tomonidan batafsil maʼlumot va tegishli tushuntirishlar berildi.

    Bundan tashqari, tomonlar mamlakat moliya bozorini rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirish borasida fikr almashdilar, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.