Tomonlar mamlakatimiz ta'lim yo‘nalishida yangi texnologiyalardan foydalanish maqsadida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Xitoy tomoni joriy yil 25 yanvarda Shenchjen shahrida o‘tkazilgan «O‘zbekiston-Xitoy» investitsiya forumi va unda mamlakat rahbari ishtiroki hamda mamlakatga investorlarni jalb etish taklifini yuqori baholab, O‘zbekistonda oliy ta’lim va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Tomonlar hamkorlik masalalarida amaliy ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.