Xitoy delegatsiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov hamrohlik qildi.
Mamlakatimizda boʻlib turgan Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri oʻrinbosari Lyu Gochjun boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Jamshid Qoʻchqorov hamrohligida bugun Sirdaryoga tashrif buyurdi.
Tashrif dasturiga muvofiq mehmonlar dastlab “Peng Sheng” Oʻzbekiston -Xitoy qoʻshma korxonasi tomonidan Xitoy tajribasi asosida chigit ekilgan maydonlar va yangi barpo qilingan intensiv bogʻni koʻzdan kechirdi. Soʻng Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasida tomorqa va uy xoʻjaligidan samarali foydalanish orqali aholi daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. Aholi bilan suhbat oʻtkazildi.
Xususan, keyingi yillarda Sirdaryo viloyatida Xitoy kompaniyalari sarmoyasi ishtirokida 70 dan ortiq loyiha ishga tushirilgani, viloyatning Xitoy Xalq Respublikasi bilan tashqi savdo aylanmasi esa oʻtgan 2023-yilda 336,1 million dollarni tashkil etdi.
Sirdaryo viloyati va Xitoyning qator provinsiyalari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengayishi hamda mustahkamlanishiga umid bildirildi. Shuningdek, tomonlar oʻzlarini qiziqtirayotgan yoʻnalishlar boʻyicha fikr almashdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.