Bu yo'l harakati va piyodalarga to'g'ridan-to'g'ri yordam beradi va qoidabuzarlarni xushmuomalalik bilan ogohlantiradi.
Hangxing No. 1 nomini olgan balandligi 1,8 metr bo'lgan robot avtobuslar, avtomobillar va velosipedchilarga odatiy “to'xtash” va “ketish” signallarini beradi, qoidabuzarliklarni qayd etadi va ogohlantiradi. Qurilma yuqori aniqlikdagi kameralar va dachiklar bilan jihozlangan, hushtak chalishi mumkin va signal o'zgarishlariga javob berish uchun svetofor tizimiga ulangan.
Hozircha Hangxing No. 1 yo'l harakati nazoratchilarining o'rniga emas, balki mavjud yo'l harakati xodimlariga yordam berish uchun mo'ljallangan. Biroq, politsiya allaqachon yangilanishlarni muhokama qilmoqda: rejalar robotga katta til modelini qo'shish, unga yo'nalishlarni taqdim etish va yo'l foydalanuvchilari bilan yanada samarali muloqot qilish imkonini beradi. Ayni paytda u, masalan, transport vositasini shlemsiz boshqarish, belgilanmagan joydan o'tish va chorrahalardagi boshqa qoidabuzarliklarini aniqlay oladi.
Robot o'z ishini dekabr oyi boshida Xanchjou yo'l politsiyasining sinov dasturi doirasida boshlagan. Xabarlarga ko'ra, robot ayniqsa, piyodalarga ko'proq manzur bo'ldi, deb xabar berdi techcult.ru.








