Xitoy COVID-19ning qaytadan tarqalishining oldini olish choralarini kuchaytiryapti

    Dolzarb 21 Sentabr 2020 492

    Xitoy Hukumati kuz-qish mavsumida koronavirusning yangi bosqichining qaytadan tarqalishining oldini olish boʻyicha barcha choralar koʻrilganiga amin boʻlish maqsadida provinsiya darajasidagi 17 ta hududda inspeksiyalar seanslarini oʻtkazadi. Bu haqda XXR Sogʻliqni saqlash ishlari boʻyicha davlat qoʻmitasi 18-sentyabrda xabar bergan.

    Inspeksiyalar oʻtkazish doirasida chegaraga yaqin portlarda, maktablarda, jamoat joylari va shifoxonalarda epidemiyaning tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralarning amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratiladi, deb taʼkidladi qoʻmita rahbari Ma Syaovey.

    U shuningdek, COVID-19 aniqlangan kundan boshlab 5-7 kunda aholini tegishli testdan oʻtkazishni kafolatlash uchun nuklein kislotasiga test oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrishga, COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolashga, sanitar-karantin punktlari va profilaktika vositalari zaxirasini tashkil etishga ham chaqirdi, deb xabar beradi Xitoyning Oʻzbekistondagi Elchixonasi matbuot xizmati.