Xitoy asteroidlar va boshqa samoviy jismlar keltirib chiqaradigan tahdidlarga qarshi kurashish uchun mutaxassislar guruhini shakllantirishni boshladi. Xitoy Mudofaa bo'yicha Fan, texnologiya va sanoat milliy boshqarmasi qoshidagi Maxsus loyihalar markazi “sayyoraviy mudofaa” jamoasida uchta bo'sh ish o'rinlarini e'lon qildi, deb xabar beradi South China Morning Post (SCMP).
Ushbu guruhning maqsadi asteroidlarni o'rganish va monitoring qilish va asteroid tahdidlaridan erta ogohlantirish usullarini ishlab chiqishdir. Xitoy Fanlar akademiyasi Milliy koinot fanlari markazi olimi Li Mintao jurnalistlarga Xitoy asteroidlardan himoyalanishda “katta muvaffaqiyat”ga erishganini aytdi.
Nashr ta'kidlaganidek, guruhning paydo bo'lishiga sabablardan biri yetti yildan so'ng sayyoramiz bilan to'qnashishi mumkin bo'lgan yirik asteroidning topilishi bo'lgan. 7-fevral kuni Yevropa koinot agentligi (EKA) 2024 YR4 asteroidining 2032-yilda Yer bilan to'qnashishi ehtimolini 2,2 foizgacha yangiladi va uni sayyoramiz uchun koinot xavflari ro'yxatida birinchi o'ringa qo'ydi, deb xabar beradi tass.ru.