Xitoy yetakchisi O‘zbekiston Prezidentini Navro‘z bilan tabrikladi

    Hukumat 20 Mart 2023 3660

    Hurmatli Prezident janoblari! O‘zbekistonning milliy bayrami – Navro‘z ayyomi bilan Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizni va O‘zbekiston xalqini chin qalbimdan muborakbod etishdan g‘oyat mamnunman.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Hurmatli Prezident janoblari!

    O‘zbekistonning milliy bayrami – Navro‘z ayyomi bilan Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizni va O‘zbekiston xalqini chin qalbimdan muborakbod etishdan g‘oyat mamnunman.

    O‘tgan yili sentyabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifim chog‘ida bo‘lib o‘tgan do‘stona va sermahsul muzokaralarimiz natijasi o‘laroq mamlakatlarimizning strategik hamkorligini yanada rivojlantiruvchi, xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiluvchi qo‘shma bayonot qabul qildik, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollarini belgilab oldik.

    Men Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalashtirilgan ilk “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitida ishtirok etishingizni va Xitoyga davlat tashrifingizni kutib qolaman.

    Siz bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda mamlakatlarimizning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etishimiz O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarishiga ishonchim komil.

    Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik-salomatlik, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

    Do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt va farovonlik hamisha yor bo‘lsin!

    Ehtirom ila,

    Si Szinpin,

    Xitoy Xalq Respublikasi Raisi