Xitoy faqirlik ustidan toʻliq gʻalabani eʼlon qildi

    Dolzarb 26 Fevral 2021 470

    Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Bosh kotibi, Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin faqirlikka qarshi kurashda butkul gʻalabani eʼlon qildi. Uning soʻzlariga koʻra, 98,99 million qishloq aholisi “faqirlik chegarasidan oʻtdi”.

    Qashshoq hududlar orasidan 832 uyezd va 128 ming qishloq olib chiqilgan. Oʻrtoq Si taʼkidlaganidek, soʻngi sakkiz yil davomida Xitoy qashshoqlik bilan kurash uchun 1,6 trillion yuan (taxminan 246 milliard dollar) investitsiya jalb qilgan.

    Avvalroq XXR rahbariyati 2020-yilda butunlay qashshoqlikka barham berish maqsadini ilgari surgan, va koronavirus pandemiyasiga qaramay, buni uddalagan. XXRning butunlay qashshoqlikni tugatgan eng soʻngi hududi mamlakat janubidagi togʻli Guychjou provinsiyasi boʻlib, 2020-yil noyabrida u yerda “qashshoqlikdan soʻngi 20ta uyezd olib chiqilgan”.

    Xitoyda “Qashshoqlikdan olib chiqish” atamasining har bir hudud uchun oʻziga xosligi mavjud. Masalan, XXR Fuqarolik maʼmuriyati vazirligi maʼlumotiga koʻra, XXR qishloq joylarida kun kechirish uchun zarur boʻlgan narsalarning eng oz miqdori 2020-yilda kishi boshiga yiliga 896 dollarni tashkil etgan.

    Xitoyda har bir provinsiya oʻzi uchun qashshoqlik darajasini oʻzi belgilar ekan, deb xabar beradi “RG.RU”/

    Masalan, Sinszyan-Uygʻur avtonom rayonida aholi daromad darajasi boʻyicha toʻrtta rangga boʻlingan ekan. Yashil rangdagilarning oilaning yillik daromadi 700 dollarni normal holat hisoblaydi ekan. Keyingisi – sariq rangdagilar yillik daromadi 630-700 dollarni, yetarli boʻlmasada, normal holat ekan deb hisoblaydi ekan.