Xitoy haqida 18 hayratomuz fakt

    Har yili taxminan 4 million mushukdan delikates darajasidagi Xitoy maxsus taomlari tayyorlanadi.

    Bu mamlakat dunyoda aholisi eng koʻp va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biridir. Quyida ushbu mamlakat haqida qiziqarli va hayratomuz faktlar keltirilgan. Undan siz Xitoy anʼanalari va madaniyati noyobligiga yana bir bor amin boʻlishingiz mumkin.

    1. Xitoyliklar yiliga oʻrtacha 45 milliardga yaqin tayoqcha ishlatadi. Buning uchun har yili qariyb 20 millionga yaqin daraxt kesiladi (bu daraxtlar 20 yillikdan kam boʻlmasligi kerak).
    2. Har yili taxminan 4 million mushukdan delikates darajasidagi Xitoy maxsus taomlari tayyorlanadi.
    3. Xitoy dunyoda qizil vino isteʼmol qilish boʻyicha birinchi oʻrinni egallaydi.
    4. Xitoy zich joylashgan davlatlar qatorida 1 milliard 38 million aholini oʻz ichiga olgan. Bu yer aholisining deyarli beshdan bir qismi degani.
    5. Xitoyda “Bitta oilaga — bitta farzand” siyosati mavjud, har yili mamlakatda minglab chaqaloqlarni ota-onalari tashlab ketishadi. Aynan qizaloqlarni.
    6. Hozir Xitoyda umr yoʻldoshini topa olmayotgan 30-40 million erkak mavjud. Masala shundaki, aholi orasida ayollarga nisbatan erkaklar soni koʻp. Bu qizlarning tugʻilishi yoki tarbiyasini ommaviy ravishda rad etish bilan bogʻliq.
    7. 1973-yilda Xitoy AQSHga aholini koʻpaytirish maqsadida 10 millionga yaqin ayollarini joʻnatishni taklif qilgan.
    8. Yolgʻiz qolgan 20 yoshli qizlarni Xitoyda anʼanaviy ravishda kamsituvchi epitetlar bilan taqdirlashadi va ochiqchasiga “tashlandiq” deb atashadi.
    9. Xitoyda eng ommabop ismlardan biri bu Van (Wang). Mamlakatda bu ism bilan ataluvchi 93 million aholi mavjud.
    10. Xitoy eksport hamda import boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinni egallaydi.
    11. Hali hanuz Xitoyda kosmetika mahsulotlari jonivorlarda shartli ravishda sinovdan oʻtkaziladi.
    12. Xitoyning milliy oʻyinlaridan biri bu stol tennisi. Qariyb 10 million kishi bu sport turi bilan shugʻullanadi. Aynan Xitoyda 53 foizni tashkil etuvchi olimpiya medallari stol tennisi boʻyicha qoʻlga kiritilgan.
    13. Xitoyda PlayStation oʻyini pristavkalari taqiqlangan. Soʻnggi besh yilda Xbox, Nintendo va Sonyʻga ruxsat berilgan.
    14. Xitoyda har besh kunda osmonoʻpar binolar quriladi.
    15. Bu yerda inson tarixida birinchi bor halokatli zilzila 1556-yilda sodir boʻlgan va 830 000 aholi halok boʻlgan.
    16. Xitoyda Oliy taʼlimga kirish uchun har xil hiyla-nayrang bilan sinovdan oʻtmoqchi boʻlganlarga 7 yil gacha qamoq jazosi belgilangan.
    17. Dunyo miqyosida Xitoy hech qanday istisnolarsiz Panda vatani deb tan olingan.
    18. Koʻrshapalak mamlakatning omad ramzi sanaladi.

    Sugʻdiyona Yusubjonova, OʻzMU talabasi