Xitoy janubidagi Guandun viloyatida chikungunya virusini yuqtirish bilan bog'liq uch mingta yangi holat qayd etildi.
Infeksiyalar 28-sentabrdan 4-oktabrgacha aniqlangan. Aksariyat holatlar Szyanmen shahrida qayd etilgan bo'lib, u yerda 3-darajali sog'liqni saqlash choralari ko'rilgan.
Chikungunya isitmasi kasallangan chivin chaqishi orqali odamga yuqadi, u odamdan odamga yuqmaydi. Mazkur kasallikda haroratning 40 darajaga keskin ko'tarilishi, bosh og'rig'i, bo'g'im va mushaklarning kuchli og'rig'i, ko'ngil aynishi, zaiflik va toshmalar bilan bog'liq alomatlar kuzatiladi, deb xabar berdi lenta.ru.









