Xitoy Jielong-3 raketasi vositasida sakkizta sun'iy yo'ldoshni koinotga olib chiqdi

    Xitoyning Chinarocket kompaniyasi Jielong-3 raketasi yordamida sakkizta sun'iy yo'ldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Bu haqda kompaniya WeChat ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, raketa Pekin vaqti bilan soat 10:31 da sharqiy Shandun viloyati qirg'oqlari yaqinida Sariq dengizdagi maxsus barjada o'rnatilgan platformadan amalga oshirildi. Loyiha Tayyuan koinot uchirish markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

    Uchirilgan sun'iy yo'ldoshlar – Tianyi-41, Xing Shidai uchta sun'iy yo'ldosh guruhi, Emposat-2-05, Fudan-1, Tianyan-15 va Jitianxing-A-0.

    Jielong-3 to'rt bosqichli qattiq yoqilg'ili raketa bo'lib, uzunligi 31 metrga yetadi. U quyi Yer orbitasiga 1,5 tonnagacha foydali yukni yetkazib berishga qodir. 2022-yildan beri foydalanilayotgan ushbu turdagi raketalar uchun bu to'rtinchi missiya.

    Pekin o'zining milliy koinot dasturini faol rivojlantirmoqda, meteorologik, telekommunikatsiya va navigatsiya sun'iy yo'ldoshlari va Oyni tadqiq qilish uchun mo'ljallangan texnologiyalarni ishlab chiqmoqda. Xitoylik mutaxassislar hukumat ko'magida asteroid va Mars tadqiqot loyihalarini amalga oshirmoqda. Orbitada Xitoyning koinot stansiyasi bor, u xalqaro hamkorlikka tayyor. 2023-yilda Xitoy 67 ta uchirishni amalga oshirdi, 2024-yilda esa ularning sonini 100 taga yetkazish rejalashtirilgan, deb xabar beradi tass.ru.