Uchrashuvda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Azizbek Ikramov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Fargʻonada “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Fargʻona viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida Chendu shahrida Zhiyuanhui Information Technology kompaniyasi rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazilib, ushbu loyiha boʻyicha dastlabki kelishuvga erishilgandi.