JSST tadqiqotchilari koronavirus birinchi marta aniqlangan Uxanga tashrif buyurib, uning tarqalishi Xitoy hukumati eʼlon qilganidan oldin boshlangan degan xulosaga kelishdi.

Missiya yetakchi tadqiqotchisi Piter Ben Embarekning aytishicha, 2019-yil dekabr oyida Uxan shahrida virusning oʻndan ortiq shtammlari aniqlangan. “Virus dekabr oyida Uxan shahrida keng tarqalgan”, dedi ekspert va Xitoy tomoni 8-dekabr kuni yuqtirgan odam bilan muloqot qilish imkoniyatini berdi.

Unga koʻra, xitoylik olimlar guruhga 2019-yil dekabr oyida Uxan shahrida roʻyxatdan oʻtgan koronavirus infeksiyasining 174 ta holati toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etishdi. Ulardan 100 ta holat laboratoriya tekshiruvlari bilan tasdiqlangan, yana 74 tasi simptomlarga asoslangan klinik tashxis bilan.

Avvalroq, xalqaro missiyaning bir qator mutaxassislari Xitoy rasmiylari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlariga mamlakatda koronavirus infeksiyasining dastlabki holatlari toʻgʻrisida dastlabki maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortganliklarini aytgan edilar.