Og'irligi 1300 tonna bo'lgan yangi dizayndagi birinchi blok Xaynan oroli yaqinida dengizga 35 metr chuqurlikka joylashtirildi. Tuzilma hammasi bo'lib 100 ta ana shunday blokdan iborat bo'ladi. Dengiz tubidagi uskunaning umumiy og'irligi kamida 1300 tonnani tashkil qiladi.
Loyiha bosh menejeri Pu Dingning so'zlariga ko'ra, qurib bo'lingandan so'ng ma'lumotlar markazi quruqlikda joylashgan shunga o'xshash markazlarga qaraganda 40-60 foizga tejamkor bo'ladi.
“Ushbu loyihaning asosiy afzalligi shundaki, dengiz suvidan saqlash omborini sovitish uchun foydalanish imkoniyati mavjud, bu quruqlikdagi markazlarni sovitish uchun zarur bo'lgan elektr energiyasi sarf-xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi”, deb tushuntirdi u.
Uning ta'kidlashicha, suv osti muhiti chang va kisloroddan xoli, shuning uchun elektron qurilmalar u yerda uzoq vaqt xizmat qilishi va kamroq ishdan chiqishi mumkin.
Saqlash inshootlari dengiz qishloq xo'jaligi va turizmni axborot texnologiyalari asosida qo'llab-quvvatlovchi dengiz sanoati klasterining bir qismiga aylanishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.