Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi markaziy televideniyesi ma'lum qildi.
Raketa rejalashtirilgan akvatoriyaga yetib bordi.
U raketa kuchlarining yillik harbiy mashqlari dasturiga muvofiq amalga oshirildi. Bundan maqsad – qo'shinlarning qurollari va tayyorgarlik darajasini sinovdan o'tkazish. Xitoy mintaqadagi tegishli davlatlarni raketa uchirilishi haqida oldindan xabardor qildi, deb ta'kidladi telekanal.
Keyinroq Xitoy Mudofaa vazirligi raketa uchirilishi boshqa davlatlarga qarshi qaratilmaganini ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.
“Raketa uchirilishi xalqaro huquq va xalqaro amaliyotga mos keladi, u biron bir aniq davlat yoki obyektga qarshi qaratilgan emas”, deyiladi bayonotda.