Xitoy chorshanba kuni ertalab o'zining Syanfan (Ming yelkan) internet yulduzlar turkumining 18 ta sun'iy yo'ldoshini quyi Yer orbitasiga olib chiqdi, u tijorat internet xizmatini taqdim etadi va Ilon Maskning Starlinki bilan raqobatlashadi. Fazoviy kema koinotga Chanchjen-8 Y6 raketasi vositasida Xitoy janubidagi Xaynan orol viloyatidagi Xitoyning birinchi tijorat kosmodromidan uchirildi. Bu haqda CGTN xabar bermoqda.
Bu Syanfan yulduz turkumidagi sun'iy yo'ldoshlarning beshinchi partiyasi bo'lib, amerikalik milliarder Ilon Maskning yetakchi sun'iy yo'ldosh internet xizmatlarini taqdim etuvchi – Starlinkika raqobatchi bo'lib, chekka hududlar, maktablar va shifoxonalarni sun'iy yo'ldosh interneti bilan ta'minlaydi, deb xabar beradi korrespondent.net.