Qayd etilishicha, bortida Yaogan-39 sun'iy yo'ldoshi bo'lgan Long March-2D raketasi mahalliy vaqt bilan soat 4:03da Sechan kosmodromidan uchirildi.

Qurilma kunning istalgan vaqtida, Yerning istalgan nuqtasida yuqori aniqlikdagi suratlarni olish imkonini beradi. U geologik qidiruv, shaharsozlik loyihalari, qishloq xo'jaligi va atrof-muhitni o'rganish va ofatlar haqida ogohlantirishda qo'llaniladi.

Bu mazkur turdagi sun'iy yo'ldoshning to'rtinchi bor uchirilishi bo'lib, avvalgilarining barchasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.