Xitoy noʻxoti qaytarib yuborildi

    Mamlakatimizda 28 Sentabr 2020 1065

    Andijon viloyati “Doʻstlik” oʻsimliklar karantini chegara maskanida Xitoy Xalq Respublikasidan kirib kelayotgan yuk avtomashinasidagi 12 tonna yashil noʻxat birlamchi karantin nazoratidan oʻtkazildi.

    Tekshiruv natijasida, mahsulotga tegishli fitosanitar sertifikatining asil nusxasi va karantin ruxsatnomasi yoʻqligi aniqlandi.

    Tartibga koʻra, dalolatnoma rasmiylashtirilib, mahsulot olib kelingan davlatiga qaytarib yuborildi.