Xitoy nashrlarining xabar berishicha, Ctrip kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyi holatiga kelib, ushbu kompaniya platformasi orqali O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar soni o‘tgan yilga nisbatan 188 foizga oshgan. Sayyohlar asosan Xitoyning Pekin, Shanxay, Chjeszyan, Guandun va Szyansu kabi iqtisodiy rivojlangan hududlaridan tashrif buyurgan. Asosiy sayohatchi guruhlarining xususiyatlari O‘zbekistonning to‘lov qobiliyati yuqori bo‘lgan yoshlar orasida tobora ommalashib borayotganini ko‘rsatyapti. O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlarning 80% dan ortig‘i Platinum va undan yuqori toifadagi platforma a’zolari bo‘lib, 65% dan ortig‘i yuqori toifali mehmonxonalarda qolishni afzal ko‘rishgan.
Maqolalarda shuningdek, 1-dekabrda O‘zbekiston va Xitoy ikki davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etish to‘g‘risida bitim imzolagani ta’kidlangan, deb xabar beradi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.