Xitoy okeanni tadqiq qiluvchi o'zining birinchi aqlli kemasini yaratdi

    Kema ochiq suvlarda avtonom navigatsiya va energiya samaradorligini boshqarishning intellektual tizimi bilan jihozlangan.

    Xitoy davlat kemasozlik korporatsiyasi Shanxayda okeanni tadqiq qiluvchi Xitoyning birinchi aqlli kemasini yaratdi. China Daily gazetasining yozishicha, u Shanxay universiteti nomi bilan bir xil tarzda “Tunszi” deb nomlandi.

    “Bu 2000 tonnalik ekologik toza, shovqinsiz va aqlli tadqiqot kemalarining yangi avlodi bo'lib, mahalliy kompaniyalar tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan va qurilgan”, deya bosh konstruktor Li Chjenxua so'zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

    Elektr reaktiv dvigateliga ega bo'lgan kemani qirg'oqdan masofadan turib boshqarish mumkin. U ochiq suvlarda avtonom navigatsiya va energiya samaradorligini boshqarishning intellektual tizimi bilan jihozlangan. “Tunszi” muz zonalaridan tashqari deyarli har qanday okean hududida harakatlana oladi.

    Kemaning uzunligi 81,5, eni 15, suvga botish chuqurligi 6,9 metr. U 45 kishini, jumladan, 30 nafar olimlarni sig'dira oladi va 15 uzelgacha (27 km/soat) tezlikka erishadi. Elektr kemasining suzish masofasi 80 000 dengiz milini tashkil etadi va 35 kungacha avtonom ishlay oladi. “Tunszi” tadqiqot va muhandislik ishlari, shuningdek, Tunszi universiteti talabalari uchun amaliyot o'tash uchun foydalaniladi, deb xabar beradi tass.ru.