Xorijiy mutaxassislar filialning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqish bildirib, mavjud laboratoriya jihozlari bilan tanishdilar. Tomonlar kelgusida ilmiy-innovatsion dastur doirasida filialining ilmiy faoliyati sohasida hamkorlikda ish olib borishga келишдилар.Ташриф yakunida tomonlar oʻzaro hamkorlik memorandumi imzoladilar.
Uxang texnologiyalar universiteti mamlakatning asosiy milliy universiteti boʻlib, 120-yillik tarixga ega. Bugungi kunda u yerda 37000 dan ortiq bakalavr talabalari, 23000 dan ortiq doktorantlar va aspirantlar, 900 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil olishadi.
Taʼlim dargohi AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Kanada, Avstraliya, Rossiya, Gollandiya kabi mamlakatlar, shuningdek turli mintaqalardagi 190 dan ortiq universitet va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqa oʻrnatgan. Ilmiy-texnik qobiliyatli isteʼdodlarni tayyorlash, akademik almashinuvlar va tadqiqotlar borasida katta tajribaga ega universitet 200 dan ortiq taniqli xorijiy olimlarni hamkorlik uchun jalb etgan.
Hamkorlik material












