Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o'tkazilgan telekonferensiyada ma'lum qilindi, jami 3396 nafar aholi evakuatsiya qilingan.
“Hozircha qurbonlar haqida ma'lumot yo'q, yong'in sabablari o'rganilmoqda”, — deyiladi departament veb-saytida. Yong'in 17-mart kuni boshlangan.
Vazirlik hayvonot dunyosi mavjud bo'lgan joylarda yong'indan noqonuniy foydalanishni qat'iy taqiqlash va yong'inning yashirin xavfini bartaraf etish bo'yicha joylarda chora-tadbirlar ko'rishni talab qildi.
Kankan xinwen sayti xabariga ko'ra, yong'inni o'chirish uchun 1 mingga yaqin o't o'chiruvchi, yettita vertolyot safarbar etilgan, deb xabar beradi report.az.