Qurilma tubi hech qachon Quyosh tomonidan yoritilmaydigan “abadiy zulmat kraterlari”ni o'rganadi. Unda, ehtimol suv muzi saqlanib qolgan bo'lishi mumkin.
Taxminan 2024-yilda Chane-6 uskunasi Oyning olis hududidan tuproq namunalarini yig'ish uchun ishga tushiriladi, taxminan 2026-yilda Chane-7 apparati Yerning tabiiy yo'ldoshiga, ya'ni janubiy qutb zonasida qo'ndiriladi. Oydagi suv muzining ko'rinishi, tarkibi va tarqalishini o'rganish uchun tadqiqotchilar doimiy soya bo'lib turadigan hududlarda ham orbital masofadan zondlash, ham to'g'ridan-to'g'ri qidiruvlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Xitoy Fanlar akademiyasi Koinot ilmiy markazi va Xitoy Milliy koinot boshqarmasi (CNSA) ning Oyni tadqiq qilish bo'yicha muhandislik markazi mutaxassislari uchar uskuna Oyga uchuvchi an'anaviy qurilmalardan farqli ravishda Yerning tabiiy yo'ldoshi krateri tubiga yetib borishiga ishonishadi. Agar mini-zondga o'rnatilgan analizator Oy yuzasida muz qatlamidagi suv molekulalarini aniqlay olsa, zond burg'ulash asbobi yordamida muz namunasini oladi va manipulyator spektral tahlil uchun uni apparatga o'tkazadi.
O'lchovlar krater tubidagi Oy tuprog'ida suv, ammiak va boshqa moddalar bor-yo'qligiga oydinlik kiritadi. Orbital modulda Oy muzini o'rganish uchun ular yana ikkita qurilmani joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Oy suvidan foydalanish odamlarning Oyda va olis koinotda uzoq muddat bo'lishining zaruriy sharti hisoblanadi. Biroq Oydagi suv muzining bo'lishi mumkin bo'lgan manbasi hali ham noma'lum, shuning uchun bu missiya ilmiy nuqtai nazardan muhim ahamiyatga ega, deb xabar beradi tass.ru.
Xitoyning Oyni o'rganish rejasiga ko'ra, Chane-8 Oy resurslaridan foydalanish bo'yicha tajribalar o'tkazish va Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasining asosiy modelini yaratish uchun taxminan 2028-yilda ishga tushiriladi.