“Hozirgi vaqtda Oyni tadqiq qilish dasturi uchun Chanye-6 missiyasini ishlab chiqish rejaga muvofiq davom etmoqda, uchirish taxminan 2024-yilga mo'ljallangan”, deyiladi bayonotda.

Bu orqali birinchi marta Oyning olis hududidan tuproq yig'iladi – qolgan barcha namunalar Yer tabiiy yo'ldoshining ko'rinadigan tomonidan olingan. Zond janubiy qutb – Eytken havzasi hududiga qo'nadi.

“Syuetsyao-2” sun'iy yo'ldosh retranslyatori zond harakatlarini kuzatib boradi va 2024-yilning birinchi yarmida fazoga olib chiqiladi, deb xabar beradi mir24.tv.