COVID-19 ga qarshi ZF-UZ-VAS2001 vaksinasi Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi bilan hamkorlikda Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 oqsil subbirligining adyuvantini oʻz ichiga olgan vaksinadir.
Innovatsion rivojlanish vazirligi va Ilgʻor texnologiyalar markazining preparatning sinovlarida bevosita ishtiroki, shuningdek, uning klinik tadqiqotlarga qoʻshgan hissasi natijasida Oʻzbekiston vaksinaning hammuallifi sifatida eʼtirof etildi.
Mazkur ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini ishlab chiqish texnologiyasi rekombinant NVX-CoV2373 (Novavax), EpiVacCorona (Vektor) va boshqa shu kabi vaksinalar yaratilish texnologiyalaridan foydalanilgan.
ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi SARS-CoV-2 koronavirusining rekombinant NCP-RBD oqsilini yaratish orqali biotexnologik usulida olingan.
Emlangan kishining tanasida ushbu oqsilning paydo boʻlishi bilan immun tizimda virusni zararsizlantiradigan antitanalarni ishlab chiqaradi. Ushbu vaksina 2 oy davomida 3 doza miqdorda yuboriladi. ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi CHO hujayralarida ishlab chiqarilgan yangi koronavirusning retseptorga bogʻlanuvchi oqsili (inglizcha qisqartma: NCP-RBD) ning rekombinant shaklini tozalab, alyuminiy gidroksidi qoʻshish orqali tayyorlangan. Adyuvant yangi koronavirus infeksiyasi oqibatida kelib chiqadigan nafas yoʻli kasalliklarini oldini olishda qoʻllaniladi, deb xabar beradi Vaksinauz Telegram-kanalida.