Xitoy oʻzining ilk toʻrtinchi avlod AESini ishga tushirdi

    Voqea-hodisalar 1 Fevral 2024 857

    Xitoy “Shidaowan” nomli 4-avlod atom elektr stansiyasini ishga tushirdi.

    Yuqori haroratli gaz bilan sovitilgan reaktor sinovdan oʻtkazildi va tijoriy faoliyatini boshlashdan oldin 168 soat davomida uzluksiz ishladi, deb xabar beradi Sof Energiya jurnali.

    Yuqori haroratli gazni sovitish 4-avlod AESlarining asosiy afzalligi hisoblanadi. Bu elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonining yuqori darajada xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi va bunday energiya tizimlarini rivojlantirish uchun keng istiqbollarni ochadi.