“Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” multimodal transport yoʻlagi ochildi

    Transport 13 Iyun 2023 2174

    Qashqar shahrida “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” multimodal transport yoʻlagining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Sian shahrida boʻlib oʻtgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida “Zhejiang Union of Railway Logistics“ kompaniyasi, ”Oʻzbekiston temir yoʻllari“ AJ va GP ”NK “Qirgʻiz temir yoʻli” hamkorligida Lanchjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat blok poyezdi harakati yoʻlga qoʻyildi.

    Joriy yilning 9-iyun kuni Xitoyning Shinjon viloyati Qashqar shahrida “Xitoy-Qirgʻizston-Oʻzbekiston” multimodal transport yoʻlagining rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda Shinjon avtonom rayoni savdo departamenti hamda Qashqar shahri hokimiyati rahbarlari ishtirok etdilar. “Xitoy-Qirgʻizston-Oʻzbekiston” multimodal transport yoʻlagi boʻylab yuk tashishni ragʻbatlantirish maqsadida sinov poyezdi harakatiga start berildi.

    Tarkibida quyosh panellari, mexanik jihozlar, matolar va boshqa yuklar boʻlgan umumiy qiymati 2,5 mln AQSH dollarini tashkil etuvchi yuk poyezdi Xitoyning Lanchjou shahridan Toshkentga 15 kunda yetib kelishi belgilangan.