Xitoydagi yetakchi “Sinxua” davlat axborot agentligining yozishicha, Olmaotadagi "Xitoy sanoat-savdo banki" AJ yuandagi kliring banki bo‘ldi.

Yaqinda Xitoy Xalq banki Qozog‘iston Milliy banki bilan Qozog‘istonning yuandagi kliring mexanizmini tashkil etish bo‘yicha Hamkorlik memorandumini imzoladi.

Hozirgi kunda Xitoy Qozog‘istonning eng yirik savdo sheriklaridan biri hisoblanadi. 2022 yilning 6 oyi davomida Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi 11,26 milliard AQSH dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 36,2 foizga ko‘pdir. Qozog‘iston eksporti 6,63 milliard dollarga, importi esa 4,63 milliard dollarga teng bo‘ldi.