Xitoy: restoranda yuz bergan portlash oqibatida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi

    Xitoyning Xebey viloyati Sanxe shahridagi restoranda yuz bergan kuchli portlash oqibatida ikki kishi hayotdan ko'z yumdi, 26 kishi jarohatlandi.

    Xitoy markaziy televideniesining xabar berishicha, voqea sodir bo'lgan to'rt qavatli bino qisman qulab tushgan.

    Kuchli portlash tufayli yaqin atrofdagi ko'plab avtomobillar jiddiy zarar ko'rgan. Portlash oqibatida hosil bo'lgan zarba to'lqini qo'shni binolarning pastki qavatidagi deyarli barcha oynalarni sindirib tashladi.

    Hozirda yong'in o'chirilgan, deb xabar beradi tass.ru.