Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Jabrlangan hududlardan 186 kishi evakuatsiya qilindi. Yo'llarning zarar ko'rgan qismlarini qisman tiklashga erishildi, 855 nafar aholining elektr ta'minoti tiklandi.

Sel juma kuni kechqurun sodir bo'ldi. Toshqin bir qancha uylarni yuvib ketgan, shuningdek, ko'priklar va yo'llar buzilgan, deb xabar beradi mir24.tv.