Mahalliy hokimiyat organlari aholiga ortiqcha vazndan xalos bo‘lishsa, go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlaydi, deb xabar beradi South China Morning Post.

Dastlabki uch kun ichida 2400 dan ortiq kishi "sog‘liq marafonida" ishtirok etish uchun ariza berdi. Loyiha asosan mehnatkash aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Dasturda tibbiy sug‘urtasi bor yoki mintaqaning ijtimoiy sug‘urta tizimiga badal to‘laydigan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Bundan tashqari, ariza beruvchilarning tana massasi indeksi 23 dan yuqori bo‘lishi kerak. Bel atrofi ayollar uchun 80 sm.dan, erkaklar uchun esa 90 sm.dan ortiq bo‘lishi kerak.

Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish 20-martda tugaydi. Keyin, 23-27 mart kunlari dastlabki vazn o‘lchanadi. Yakuniy natija 2027-yil 1-10- yanvar kunlari aniqlanadi, deb xabar berdi kazinform.

Shuningdek, tashkilotchilar mahsulotga vazn almashinuv shkalasini tasdiqladilar. Yo‘qotilgan har 0,5 kg vazn uchun bir kishi 0,5 kg mol go‘shti yoki 1,5 kg mol suyagi olishi mumkin. 1 kg vazn yo‘qotganlarga 0,5 kg mol dumi beriladi. 1,5-2 kg vazn yo‘qotganlarga sigirning ichaklari va tili beriladi. Bir ishtirokchi uchun mukofot maksimal 10 kg vazn yo‘qotish bilan cheklangan.

Mahalliy hokimiyat ishtirokchilarni zararli vazn yo‘qotish usullaridan foydalanmaslik haqida ogohlantirdi. Xususan, ozishga qarshi dorilar, qustirish yoki boshqa xavfli usullar taqiqlangan.