Bu haqda SpaceNews xabar berdi.
15-oktabr kuni Xitoy shimolidagi Shansi viloyatidagi Tayyuan kosmodromidan uchirilgan Long March 6A raketasi vositasida 18 ta Shanghai Spacecom Satellite Technology koinot apparati Yer orbitasiga olib chiqildi.
18 ta G60 Starlink sun'iy yo'ldoshlarining birinchi partiyasi 6-avgust kuni uchirilgan.
Birinchi bosqichning Qianfan guruhiga 1296 ta sun'iy yo'ldosh kiradi, ular orbitaga taxminan 1160 kilometr balandlikda joylashtirilishi rejalashtirilgan. 2025-yil oxirigacha Shanghai Spacecom Satellite Technology 648 ta sun'iy yo'ldoshni uchirishni rejalashtirmoqda. Hammasi bo'lib G60 Starlink 14 mingdan ortiq qurilmaga ega bo'lishi kerak, deb xabar beradi lenta.ru.