Sud bayonotiga koʻra, erkak kishi 2020-yilda ajrashish uchun ariza bergan.

Ayol kishi uning eri uy va bolalarni parvarish qilish uchun hech qanday javobgarlikni oʻz zimmasiga olmaganini aytib, moliyaviy tovon pulini talab qildi. Sud fuqaroga oylik 2000 yuan (taxminan 309 dollar) miqdorida aliment toʻlashni hamda tovon puli sifatida bir martalik 50 ming yuan toʻlashni buyurdi.

Ilgari ajrashgan er-xotinlar bunday tovon pulini faqat nikoh shartnomasi imzolangan taqdirdagina soʻrashlari mumkin edi.

Endilikda, yangi qonunga binoan, turmush oʻrtogʻi, agar u bolalarni tarbiyalash, keksa qarindoshlariga gʻamxoʻrlik qilish va ish sheriklariga yordam berish uchun katta masʼuliyat yuklagan boʻlsa, ajrashgan taqdirda tovon pulini talab qilishga haqlidir.