Xitoy: suv toshqini tufayli 10 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Xitoyning janubi-g'arbidagi Sichuan viloyatidagi suv toshqini oqibatida kamida 10 kishi halok bo'ldi, 29 kishi bedarak yo'qoldi.

    Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.

    Nashr ma'lumotlariga ko'ra, tabiiy ofat shaharning Yan tumanida sodir bo'ldi. Transport kommunikatsiyalari tizimi ishdan chiqib, 1,5 ming kishi tabiiy ofat yuz bergan hududda qolib ketdi.

    Mahalliy hokimiyat organlari qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun maxsus texnikadan foydalandi, deb xabar beradi tass.ru.