Xitoy tadqiqotchilari Jomolungma cho'qqisiga chiqdilar

    Dolzarb 27 May 2020 1575

    27 may kuni ertalab xitoylik tadqiqotchilar guruhi Jomolungma tog'ining cho'qqisiga chiqib, balandligini o'lchash bo'yicha topshiriqning asosiy bosqichini yakunladilar.

    SHu yil 30 aprel` kuni Xitoy Jomolungma tog'ining balandligini aniqlash uchun yangi missiyani boshladi. Tadqiqotchilar jamoasi tarkibiga professional al`pinistlar va XXR Tabiiy Resurslar Vazirligidagi kuzatuvchilar jalb qilindi.

    Xitoy-Nepal chegarasida joylashgan Jomolungma tog'i dunyodagi eng baland cho'qqidir. Uning shimoliy qismi Tibet avtonom viloyati bilan tutash.