Xitoy Tianhui 5-02 sun'iy yo'ldoshini koinotga muvaffaqiyatli tarzda olib chiqdi

    Xitoy Yerni masofadan zondlaydigan Tianhui 5-02 sun'iy yo'ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli tarzda olib chiqdi.

    Bu haqda “Chjungo xantyanbao” gazetasi xabar bermoqda.

    Nashrning WeChat ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida aniqlik kiritishicha, qurilma Pekin vaqti bilan 06:49 da Tayyuan kosmodromidan (Shansi viloyati) modifikatsiyalangan CZ-6 raketasi yordamida havoga ko'tarildi. Bu “Chanchjen” tipidagi tashuvchi uchun bu 527-parvozdir.

    Tianhui 5-02 geografik ma'lumotlarni uzatish, yer resurslarini ro'yxatga olish va ilmiy tadqiqotlar uchun ishlatiladi.

    Modifitsiyalangan CZ-6 yangi avlod ikki bosqichli ekologik toza raketa bo'lib, diametri 4,2 metr, uzunligi 50 metrga yetadi va quyosh bilan sinxron orbitaga kamida 4 tonna (quyi Yer orbitasiga 5 tonnagacha foydali yukni) yetkazib bera oladi, deb xabar beradi report.az.