Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi Xunan viloyati ma'muriyatiga tayanib xabar berdi.
“Deyarli 20 kun davom etgan keng qamrovli qidiruv-qutqaruv ishlaridan so'ng 26 qishloq va 5 shaharda 50 kishi halok bo'lgani tasdiqlandi.15 kishi bedarak yo'qoldi”, deyiladi xabarda.
To'fon Xitoyning materik qismiga yopirilishidan oldin, Tayvanning sharqiy qirg'oqlarida, Ilan uyezdi yaqinida yuz berdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, orolda 10 kishi tabiiy ofat qurboni bo'ldi, 890 nafardan ortiq kishi jarohatlandi, deb xabar beradi report.az.