Xitoy: to'fon tufayli 150 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

    Xitoy hukumati “Gayemi” super to'foni yaqinlashib kelayotgani sababli mamlakat sharqidagi Futszyan viloyatida 150 mingdan ortiq aholini evakuatsiya qildi.

    Bu haqda Xinhua agentligi ma'lum qildi.

    Unga ko'ra, 25-iyul kuni kunning ikkinchi yarmida hududga tropik siklon yopiriladi. 70 dan ortiq parom qatnovi to'xtatildi, 100 ga yaqin aviareys bekor qilindi.

    Meteorologlarning fikricha, to'fon shimoli-g'arbiy yo'nalishda soatiga 10-15 kilometr tezlikda harakatlanishda davom etadi. “Gayemi” ta'sirida Futszyanda yomg'ir yog'moqda, ba'zi aholi punktlarida bir kunda 170 millimetrdan ortiq yog'ingarchilik kuzatildi. Viloyat ma'muriyati tegishli choralarni ko'rdi.

    Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Tayvanda to'fon tufayli ikki kishi hayotdan ko'z yumdi, 201 kishi jarohatlandi, deb xabar beradi report.az.