Xitoy “Syuetsyao-2” retranslyator sun'iy yo'ldoshini koinotga muvaffaqiyatli tarzda olib chiqdi

    Xitoy Oyning narigi tomoni bilan aloqa o'rnatish uchun “Syuetsyao-2” retranslyator sun'iy yo'ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda Xitoy milliy koinot boshqarmasi ma'lum qildi.

    20-mart kuni Pekin vaqti bilan soat 8:31 da Xaynan viloyatidagi Venchan kosmodromidan “Chanchjen-8” raketa-tashuvchisi “Syuetsyao-2” retranslyator sun'iy yo'ldoshini koinotga olib chiqdi.

    Parvozdan 24 daqiqa o'tgach, sun'iy yo'ldosh raketadan ajralib chiqdi va belgilangan orbitaga joylashdi.

    Ta'kidlanishicha, sun'iy yo'ldosh Oyni o'rganuvchi vositalardan olingan ma'lumotlarni Yerga uzatadi. Retranslyator Oyning Yerga qaragan tomonida joylashgan zondlar bilan aloqa o'rnatishga yordam beradi, deb xabar beradi report.az.