Xitoy uchinchi geostatsionar internet sun'iy yo'ldoshini koinotga olib chiqdi

    Xitoy raketasi internet xizmatlarini taqdim etish uchun uchinchi geostatsionar sun'iy yo'ldoshini uchirdi. Bu haqda SpaceNews xabar berdi.

    Long March 3B tashuvchisi 10 oktabr kuni Moskva vaqti bilan soat 16:50 da Sichuan viloyatidagi (Xitoy) Sichan kosmodromidan havoga ko'tarildi. Bir soat o'tgach, Xitoy tomoni missiya muvaffaqiyatli o'tganini e'lon qildi.

    Sentabr oyida ikki bosqichli bir martalik Long March 2D raketasi qaytadigan Shijian-19 fazoviy kemasini Szyutsyuan (Xitoy) kosmodromidan koinotga olib chiqqan edi, deb xabar beradi lenta.ru.