Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining maxsus vakili bilan uchrashuv

    Xalqaro hamkorlik 5 Yanvar 2022 1091

    2022-yil 5yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasi Hukumatining Yevroosiyo masalalari boʻyicha maxsus vakili Li Xuyeyni qabul qildi.

    Aytish joizki, Xitoy hukumati maxsus vakilining tashrifi Oʻzbekiston va XXR oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga (1992-yil 2-yanvar) toʻgʻri keldi.

    Ikki tomonlama shaklda ham, “Xitoy – Markaziy Osiyo” muloqoti doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Oʻzbekiston va Xitoyning mintaqaviy siyosat yoʻnalishining dolzarb masalalari boʻyicha pozitsiyalari yaqinligi alohida taʼkidlandi.

    Shu vaqtgacha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi va turli darajadagi boʻlajak uchrashuvlar jadvali koʻrib chiqildi.

    Tomonlar “Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligini nishonlash dasturi” doirasida hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirdilar, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.